Takasakiga xush kelibsiz!

Gunma Prefekturasining markazi hisoblangan Maebashi shahri bilan bir qatorda Takasaki shahri ham muhim rol o‘ynaydigan shaharlardandir. Aholisi 370000 kishidan iborat. Honshuning markazida joylashgan Takasaki shahri Gunma Prefekturasining kirish darvozasi hisoblanib, Kanto va Koushinetsu hududini bog‘lab turuvchi ko‘prik yo‘ldir. Bundan tashqari Takasakida katta magistral yo‘l va shinkansen (tez yurar poezd) yo‘nalishi ham bo‘lib, Tokio va Yokohama shaharlari hamda Niigata, Nagano Prefekturalariga qisqa muddatda yetib boradigan transport qulayliklari mavjud. Aynan shu sababli, boshqa viloyatlardan Takasaki shahriga ko‘chib keladiganlar soni ko‘pdir. Takasaki shahri o‘ziga jalb qiluvchi shahar bo‘lib, chet elliklar bilan ham hamkorlik qilish uchun ko‘pdan ko‘p zamonaviy qo‘shma korxonalar shahar markazida qurilishi rejalashtirilmoqda.

Takasaki bekati yaqinida joylashgan Yamada elektr do’konining Yaponiyadagi shtab-kvartirasida siz kundalik hayotga kerak bo‘lgan kichik elektr jihozlaridan tortib, katta savdo jihozlarigacha xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, Takasakida qadimdan bug‘doy yetishtirish sanoati ham rivojlangan bo‘lib, shaharda pasta pishiradigan restoranlar (italyancha taomlar restorani) juda ko‘pdir. Har yili eng zo‘r pastani aniqlaydigan “Pastalar qiroli” nomli musobaqa o‘tkazilib, har bir restoranning o‘ziga xos taomlaridan lazzatlanishingiz mumkin.

Takasakida yashil tabiatga boy istirohat bog‘lari va saylgohlari ko‘p bo‘lib, go‘zal tabiat qo‘ynida sayr qilishingiz va sport bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Shuningdek, shaharning mahalliy xalq o‘tkazadigan tadbirlari, Yaponiyaning milliy kiyimi- kimononi kiyib ko‘rish va boshqa yapon madaniyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, tajriba qilish kabi ajoyibotlari bor. Zamonaviy shahar va go‘zal tabiat hamnafasligi bir joyda bo‘lgan Takasaki shahrining ajoyibotlarini tanishtirishga ruxsat eting.

about_map

about_prof_mukarram

Mukarram Sayidakhmedova

Mening ismim Mukarram. Yaponiyaga 5 yil oldin kelganman. Hozirda Takasaki shahridagi boshlang’ich maktablarda chet tili yordamchi o’qituvchisi (ALT) bo’lib ishlayman. O’ziga jalb qiluvchi turistik joylari ko’p bo’lgan Takasaki shahrini sizlarga tanishtiraman.

about_prof_tamara

Tamara Urazbaeva

Men Tamaraman. 2008 yil Yaponiyaga keldim. Hozirda yapon kompaniyasida chet davlatlar bilan turizm va boshqa sohalarda ish olib boraman. Kelajakda Yaponiyada orttirgan tajribalarim bilan yapon madaniyatiga o’xshash O’zbekistonda ham Yaponiya-O’zbekiston biznesi bilan shug’ullanishni istayman.

about_prof_abbos

Abbos Sulaymonov

Ismim Abbos. Mutaxasisligim industrial iqtisod. 2015 yilning mart oyida Yaponiyaga keldim. Bundan keyin yapon tilini mukammal o’rganishni va Yaponiyaning ajoyib madaniyati bilan tanishib chiqishni xohlayman.