Ushibuse to’gi

Ushibuse bu balandligi 491 metrli tog’ bo’lib, erga egilgan sigirning shakliga o’xshaganligi uchun, Ushibuse deb ataladi. Qadimdan Yoshii hududini qo’riqlab keladigan ramz sifatida ardoqlangan. Oldin Ichigoyama qasri bo’lgan joyda joylashgan Ushibuse balandligidan ko’rinadigan manzara juda ham chiroyli bo’lib, u erda “Aoi sanmyaku” (ko’k tog’lar tizimi) tanka yozuvi, toshli sigir haykali va tinchlik ramzi hisoblanadigan qo’ng’iroq ham bor. Ko’tarilib boradigan tog’li yo’lak gortenziya gullari yo’lagi deb nomlanib, tog’ cho’qqisigacha olib boradi. Yo’lak bo’ylab 1400 turdagi gortenziya gullari ekilgan bo’lib, u erdan yurib borarkansiz xushbo’y hid va iliq muhitni his qilishingiz mumkin. Yo’lingiz tushsa, albatta borib ko’ring!

Manzil: 371 Yoshiimachi Yoshiikawa, Takasaki
Tel: 027-387-3111 (Takasaki shahar Yoshii branch qishloq xo’jalik bo’limi)