Haruna to’g’i Haruna ko’li va uning atrofidagi bir necha tog’ tizimini o’z ichiga qamrab oladi. Akagi, Miyogi tog’lari bilan bir qatorda Haruna tog’i uch Jomo tog’larining biri hisoblanadi. Bir qarashda ko’zga tashlanadigan go’zal shaklli tog’ bu- Haruna Fuji nomli tog’dir. Uning bag’rida yuzasi 6km lik kaldera- Haruna ko’li yotadi. Haruna ko’li yilning to’rt faslida o’ziga xos chiroyli. U bahorda sakura daraxti gullari bilan, yoz kechasida tillaq’o’ng’izlarning yaltillashi, kuzda koyo – daraxtlar bargining oltin rangga kirishi bilan mashhurdir. Qishda esa bayram illyuminatsiyasi va yaltillagan muz yuzasi ko’zingizni qamashtiradigan darajada go’zaldir. Undan tashqari Haruna ko’lida onsen-buloq suvidan foydalanib, kema yoki qayiqda sayohat qilib hordiq chiqarishingiz mumkin. Haruna ko’li yo’lida balandlik va pastliklar kam bo’lganligi sababli velo-sayohatlar
ham avj olgan. Haruna Fujining cho’qqisiga siz osonlik bilan kanat osma yo’li orqali ko’tarilishingiz va u erdan go’zal manzaradan zavq olishingiz mumkin.
Haruna kanat yo’li
Manzil: 845-1 Harunakomachi, Takasaki
Tel: 027-374-9238
Manzil: 845-1 Harunakomachi, Takasaki
Tel: 027-374-9238