Bikuya Haruna ibodatxonasi yaqinida joylashgan mahalliy oshxonalardan biri bo’lib, binoning tashqi va ichki ko’rinishi qadimgi yapon uylaridek. Oshxona markazida katta bir o’choq va yaqinida kichik bir hovuzcha bor. Hovuzchada mahalliy daryolardan tutib keltirilgan baliqlar suzib yuradi. Istasangiz hovuzchadan baliq tutib, o’choqda pishirishingiz ham mumkin.
Mazali baliqli taomlardan tashqari, soba, tempura va Gunma prefekturasining milliy taomi bo’lgan ‘okirikomi’ dan ham bahramand bo’lishingiz mumkin. U erda go’zal tabiat va tog’ havosidan rohatlanib hordiq chiqarishingizga shubha yo’q.
360 Harunasanmachi, Takasaki
027-374-9255
027-374-9255