Kamitsukeno sato muzeyi yaqinida, 3 kalit teshigi shaklidagi qabrlar (Futagoyama qabri, Hachimanzuka qabri, Yakushizuka qabri) majmuasi bor. Qabrlar 1500 yil oldingi kofun davrida 30 yil mobaynida qurilgan. Bulardan Futagoyama va Hachimanzuka qabrlarida qazishma ishlari olib borilmoqda. Hachimanzuka qabrining aylana shaklidagi qismida dafn qilinadigan joy bo‘lib, qirol tobuti (kema shaklidagi toshli tobut) shundayligicha ko‘rgazmada. Bundan tashqari qabrlarga dioganal tarzda joylashtirilgan, silindr shakldagi hanivalar to‘plami ham bor. Ularning soni taxminan 6000ga yaqin bo‘lib, qabrlar qurilgan usha davrni ko‘z oldingizga keltirishingiz mumkin.
Manzil: 2000-1 Hodotamachi, Takasaki
Tel: 027-373-8880 (Kamitsukeno sato muzeyi)
Tel: 027-373-8880 (Kamitsukeno sato muzeyi)