Kamitsukeno Sato muzeyi

Kamitsukeno Sato muzeyining o’ziga jalb qiluvchi tomoni bu- Hodota qabrlar majmuasidan qazib olingan ko’plab haniva (silindr shaklidagi haniva, odam va hayvonlar aks ettirilgan sopol idishlar) lardir. Bundan tashqari ko’rgazma xonasida qirol saroyi, qishloq hayoti, guruch dalasi kabi 9 ta bo’lim mavjud bo’lib, Yaponiyadagi eng qadimiy va qimmatbaho oltin oyoq kiyimi (Shokuri) va boshqa qimmatbaho materiallarni ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, muzeyning turli joylarida qazishma ishlari natijasida yasalgan maketlar ham bo’lib, bundan 1500 yil oldingi Kofun davri jamiyati va madaniyati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Manzil: 1514 Idemachi, Takasaki
Tel: 027-373-8880