Takasaki tabiiy bo’yoq bog’i

Takasaki tabiiy bo’yoqlar bog’i Kannon haykalidan o’tib Hibiki ko’prigi orqali yog’ochli yo’laklardan o’tganingizdan so’ng ko’zga tashlanadi. Tabiiy bo’yash san’atining jozibadorligini va tabiiy bo’yash uchun ishlatiladigan o’simliklar dunyosi bilan tanishish imkonini beradigan, butun Yaponiyada ham noyob sanalgan bog’ – muassasa hisoblanadi. Flora bog’i yo’laklarida bo’yash uchun ishlatiladigan turli-tuman o’simliklar ekilgan bo’lib, qadimgi davrda ishlatilgan o’simliklardan boshlab, bo’yash madaniyatining zamonaviy qiyofasini ham o’zida aks
ettiradi. Shuningdek, ko’rgazma zali xonasida 12 darajadagi mansabdorlar shaxsini aniqlashning birinchi tizimi hisoblangan an’anaviy kiyimlarga rang berish dunyosidan tortib boshqa turli xil ko’rgazmalar mavjud. Rang berish san’atini siz tajribada sinab ko’rishingiz ham mumkin. Taxminan 2 soat vaqt ichida siz ham o’zingizga turli xil o’simlik yoki nil o’simligi bo’yog’idan original sharf yoki dastro’molcha bo’yashingiz mumkin. Men ham nil bo’yog’i bilan bo’yashga harakat qilib ko’rdim. Nil bo’yog’ini tayyorlashda chuqurligi 1 metr bo’lgan katta qozonga tabiiy nil barglari bilan birga ko’mir, sake, bug’doy qo’shilib fermentlanadi, ya’ni bijg’itiladi. Matoni bo’yash usuli bir necha xil bo’lib, men elastik bog’lag’ich bilan dastro’molni ba’zi qismlarini bog’lab, unga naqsh berdim. Elastik bog’ bilan bog’langan dastro’molni nil bo’yog’i bor qozonga 2 daqida ushlab turib, undan olib toza suv bilan yuvdik. Shu jarayon 4 marta takrorlanib, elastik bog’ olinsa, dastro’molcha naqshli bo’yaladi. Hatto birinchi marta urinib ko’rganlar ham chiroyli bo’yash san’atini egallab olishi mumkin. Siz ham o’zingizga original naqshli dastro’molcha bo’yab ko’rmaysizmi?

Manzil: 2302-11 Teraomachi, Takasaki
Tel: 027-328-6808