Gilos va chernika terimi / Hanadaka tepaligi gullar bog’i

Qishloq turizmi・Umidlar adiri
Umidlar adiri yashil tabiatga boy manzara qo’ynida joylashgan bo’lib, u erda siz chernika, gilos terimidan bahra olishingiz mumkin. Judayam keng bog’ bo’lganligi uchun do’stlaringiz va oilangiz bilan bemalol va maroqli vaqt o’tkazishingiz mumkin. Siz ham u erdagi tabiiy va mazali mevalardan tatib ko’ring.

 

Hanadaka tepaligi gullar bog’i
Takasakaning qirida joylashgan gul bog’. Balandlikda joylashganligi sababli yuqoridan shahar panoramasi va tog’ tizmalarining ko’rinishi juda xushmanzaralidir. Keng adirda har xil turdagi gullar ochilgan bo’lib, men borgan vaqtda gortenziya gullari charos ochilgan edi. Kuz faslida- kosmos gullari gullaydigan paytda, tadbirlar boshlanadi. Har bir faslga mos gullaydigan gullar sezonini Hanadaka adiriga borib ko’rmaysizmi?

Manzil: 1523-1 Hanadakamachi, Takasaki
Tel: 027-386-3081

Manzil: 1400 Hanadakamachi, Takasaki
Tel: 090-3246-8088 (NPOning Hanadaka qishlog’ini go’zallashtirish uyushmasi)