Haruna ibodatxonasi

Haruna ibodatxonasi Jomo tog’lar tizimining biri hisoblangan Haruna tog’ining o’rta qismida joylashgan bo’lib, u taxminan 586 yilda qurilgan. Ibodatxona olov, suv va er xudosi sharafiga bag’ishlab yaratilgan. Ibodatxona qadimdan olovdan saqlanishga, omad keltirishga, yaxshi hosil berishga va farovon hayot kechirishga yordam beradigan ilohiy bir joy deb hisoblanib kelingan. Hozirda ham u insonlarga kuch bag’ishlovchi mo’tabar joy sifatida nihoyatda qadrlanadi.
Ibodatxonaga olib boradigan yo’l juda manzarali bo’lib, uning chap tarafida o’lkan toshli qoyalar, o’ng tarafidan esa kichik bir daryo oqib o’tadi. Yilning qaysi faslida borsangiz ham go’zal tabiat manzarasi ko’zingizni quvontiradi. Ibodatxonaning zinali yo’laklarida siz turli shakllardagi budda haykalchalariga duch kelasiz. Jumladan omad keltiruvchi iloh, mo’l hosil ilohi, boylik ilohi va hokozo. Nihoyat, yo’qoriga eltuvchi yo’laklarning oxirida o’lkan qoyalar bilan birlashib ketgan Haruna ibodatxonasi ko’zga tashlanadi. Haruna ibodatxonasi o’zining joylashishi va betakror go’zalligi, qadimiyligi va ilohiyligi bilan Takasakidagi boshqa ibodatxonalardan ajralib turadi. U har qanday xolis tilaklarni amalga oshishiga yordam beradigan ilohiy joy hisoblanadi.
Ibodatxona atrofini Yaponiya davlati ma’daniy mulki hisoblanadigan kamyob o’lkan kriptomeriya daraxtlari bezab turadi. Ularning yoshi taxminan 600 yillar deb hisoblashadi. Har yili nafaqat Gunma Prefekturasi va boshqa shaharlardan, balki chet davlatlardan ham ko’plab sayyohlar Haruna ibodatxonasiga tashrif buyuradi. Siz ham albatta bu joylarga sayohat qilib ko’ring!

Manzil: 849 Harunasanmachi, Takasaki
Tel: 027-374-9050