Takasaki shahri Yaponiyada daruma ishlab chiqarish hajmining 80% ni tashkil qiladi. Darumalar soni yiliga taxminan 900 ming dona ishlab chiqariladi. Shorinzan Daruma ibodatxonasi Gunmaning mahalliy Jomo karutasida “omad keltiruvchi darumalar joyi Shorinzan” deb yozilgan. Darumaning yuzi hayvonlarga o’xshatilib, qoshi turnaga, mo’ylabi toshbaqaga qiyoslanadi. Saylov oldidan nomzodi yutib chiqish uchun bir ko’zi bo’yalib, saylovdan keyin 2-ko’zi bo’yaladigan omad keltiruvchi darumalar ham Takasaki shahrida ishlab chiqariladi. Shuningdek, Daruma ibodatxonasida 4 faslning o’ziga xos ajoyibotlari bo’lib, bahorda sakura daraxtining gullashi, yozda esa yam-yashillikdan bahra olishingiz mumkin. Kuz faslida daraxtlar bargining tilla rangga o’zgarishi ko’zni qamashtiradi. Qish faslining 6-7 yanvar kunlari bo’lib o’tadigan ‘ Daruma shahridagi bahorning 7 go’zal gullari bayrami’ qiziqarligigi bilan ajralib turadi. Bu bayram Shorinzan Daruma ibodatxonasida har yili o’tkazilib, darumalarning sotilishi ham shu bayramdan boshlangan deyishadi. Har yili bu ikki kun ichida omad keltiruvchi darumalarni birinchilardan bo’lib qo’lga kiritish uchun 200 ming dan ziyod odam ibodatxonaga tashrif buyuradi. Bayramdan tashqari yil bo’yi ham darumalar sotilib, vaqtingiz bo’lganda ibodatxonaga borib, o’zingizga yoqqan darumani sotib olib ko’rmaysizmi?
Manzil: 296 Hanadakamachi, Takasaki
Tel: 027-322-8800
Tel: 027-322-8800