Hibiki ko’prigi va yo’laklari

Takasaki Kannon haykali suvinerlar do’konidan o’tib, tog’li ko’chalar orqali 10 daqiqa piyoda yurilsa, hashamatli qizil ko’prikka duch kelasiz. Bu-Hibiki ko’prigidir. Kannon haykali maydoni bilan botanika-bo’yoqlar muzeyini bo’glaydigan ushbu ko’prikning uzunligi 120 metr, kengligi 2 metr, hamda balandligi 28.5 metrdan iboratdir. Hibiki ko’prigining o’rtasidan Kannon haykali ko’zga yaqqol tashlanadi.
Usbu ko’tarma ko’prikdan o’tgandan keyin, yam-yashil daraxtlar bilan o’ralgan go’zal manzarali yo’lakka chiqasiz. U yo’lakdan yurib borarkansiz go’zal tog’ manzarasi ko’zingizni quvontiradi.