Kannonyama istirohat bog’i

Kannoyama oilaviy parki- Takasaki shahrining go’zal manzarasidan bahramand oladigan, yashillikga boy, baland tepalikda joylashgan. Oilaviy hordiq chiqaradigan istirohat bog’i sifatida juda mashhurdir. Dum-dumaloq gumbazli bolalar sakrash atraksioni, uzunligi 62 metr keladigan sirpanchiq va boshqa turli atraksionlar bolalarni quvontiradi. Shuningdek, skameikali barbikyu tayyorlaydigan joylar ham mavjud. Bundan tashqari, u erda muntazam o’tkaziladigan ma’naviy tadbirlar – halq bayramlari, “baxtli bolalar festivali” va qish faslining o’ziga xos bayramlari o’tkaziladi. Kannonyama oilaviy bog’ida hunarmandlar ustaxonasi ham mavjud bo’lib, boshlang’ichlar uchun bepul o’rgatish kurslari mavjud. Men ham u erda guldon yasashga urinib ko’rdim. Bu kurslar muntazam ravishda olib boriladi va har kim qatnab, o’ziga yoqqan buyumni yasab olib ketish imkoniyatiga ega.

Manzil: 1064-30 Teraomachi, Takasaki
Tel: 027-328-8389